1
Jurnal
4
Anons, nashr

Jurnal haqida

ISSN: 2181-3833;   OAV Guvohnoma №1701;  
“Research Focus” ilmiy jurnali davriy nashrlar chiqarish bo'yicha mas'uliyati cheklangan jamiyat sifatida 09.08.2022 sanada №1171253 raqami bilan davlat ro'yxatdan o'tgan.
Ommaviy axborot vositasi sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 16.08.2022 sanada №1701 raqam bilan ro'yxatga olingan.
Maqolalar o'zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Maqola muallifiga qabul qilinganlik haqida qabul xati, sertifikat va maqolaning elektron varianti beriladi.
Jurnal telegram kanali: t.me/Research_Focus
Maqola yuborish uchun: @ReFocus_Admin, @Research_Focus_bot
Tel: +998945160550
E-mail: sardorbek2737@gmail.com

“Research Focus” xalqaro ilmiy jurnali quyidagi yo'nalishlar bo'yicha maqolalar qabul qiladi:

  • Aniq va tabiiy fanlar
  • Tibbiyot fanlari
  • Texnika fanlari
  • Pedagogika fanlari
  • Ijtimoiy-gumanitar fanlar
  • Iqtisod fanlari
  • Falsafa va filologiya fanlari
  • San'at va madaniyat fanlari
  • Jismoniy tarbiya va sport
    Yuborilgan ilmiy maqolalar tahrir hay'ati tomonidan ko'rib chiqiladi va tahrirdan o'tmagan, talablar bo'yicha yuborilmagan maqolalar nashr etilmaydi;
   Jurnalga professor-o'qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, umumta'lim maktablari va akademik litseylar o'qituvchilari, magistrantlar, iqtidorli talabalar va boshqa ilm-fan vakillari maqolalar yuborishlari mumkin.
   Jurnalga qabul qilingan maqolalar 3 ish kuni ichida muallifga bepul sertifikat, qabul qilinganlik haqida ma'lumotnoma taqdim etiladi.
   Har bir maqola Google Scholar, Zenodo, ResearchBible (OAK 14-baza) xalqaro bazalarida indekslanadi. Har bir maqolaga DOI raqami beriladi.

  Taqdim etiladigan maqolalarga qo'yiladigan talablar:

  • Maqola xalqaro talab darajasidagi IMRAD shaklida yozilgan bo'lishi lozim;
  • Maqola nomi, annotatsiya va kalit so'zlar o'zbek, rus va ingliz tillarida taqdim qilinishi lozim.
    (Agar maqolangiz rus yoki ingliz tilida bo'lsa annotatsiya va kalit so'zlar ikki rus va ingliz tillarida bo'lishi yetarli)
  • Maqolalar ilmiy jurnal yo'nalishiga oid dolzarb mavzularda, ilmiy va tugallangan fikrlarga asoslangan, taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim;
  • Maqola matnlari A4 hajmda, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 2 sm, o'ngdan 2 sm xoshiyaga ega bo'lishi kerak;
  • Maqola matni Word matn muharririda, Times New Roman shrifti, 14 o'lchamida, 1,15 intervalda bo'lishi va 3-10 bet hajmda bo'lishi lozim;
Axborot xatini yuklab olish